Qoraqalpog'iston Respublikasiga sayohat | 2-kun
Yoshlarni qo'llab-quvvatlash jamoasi Qoraqalpog'iston Respublikasidagi Orol dengizining qurishi yoki ekologiyasi haqida emas, turistik zonalari, tarixiy obidalari va boshqa viloyatlarimizdan qolishmaydigan, borib ko'rsa arziydigan obyektlari haqida so'z yuritamiz.
Biz Qoraqalpog'istonning Ellikqal'a, Xo'jeyli hamda Taxtako'pir tumanlarida bo'ldik. U yerlarda chuchuk suvdan tashkil topgan Aqchako'l hamda Qorateren nomli katta ko'llar mavjud, shuningdek 2200 yildan ortiq tarixga ega qal'alar, maqbaralar mavjud. Ayni paytda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan ushbu hududlarni turistik habga aylantirish va turistlar uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan bir qator rejali ishlar amalga oshirilmoqda.
1 hafta davomida u yerdagi havo Toshkentnikidan ancha tozaroq ekanligiga amin bo'ldim. Borib ko'rishni maslahat beramiz.
Sizning munosabatingiz qanday?