Koreyaning InterLab kompaniyasi Toshkent kimyo-texnologiya institutiga qiymati 80 000 AQSH dollarga teng ilmiy asbob-uskunalarni beg'araz taqdim etdi.
Toshkent kimyo texnologiya instituti rektori say-harakati bilan professori Gʻ. Raxmonberdiyev nomidagi «Syellyulloza va yog‘ochsozlik texnologiyasi» kafedarasiga Koreya ilm-fan uskunalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan InterLab kompaniyasi tomonidan 80000 AQSH dollari qiymatidagi ilmiy asbob-uskunalar beg‘araz taqdim etildi
Hozirgi kunda koreyalik janob Kuen Kee Hyun «Syellyulloza va yog‘ochsozlik texnologiyasi» kafedarasi professori va Jahon bankining MUNIS REP-24112021/49 loyihasida Loyiha rahbari bo‘lib faoliyat yuritib kelmoqda.
Professor Kuen Kee Hyun vositachiligida Koreya ilm-fan uskunalariga ixtisoslashgan InterLab kompaniyasi Toshkent kimyo-texnologiya instituti tomonidan akad. Gʻ.Raxmonberdiyevning 85-yilligiga bag‘ishlangan «Syellyuloza va syellyuloza hosilalarining rivojlanish istiqbollari» mavzusidagi Xalqaro ilmiy texnikaviy konferensiyani (2023-yil 16-17 - may kunlari) o‘tkazilishi munosabati bilan taxminan 80 000 AQSH dollari qiymatidagi tadqiqot uskunasini hadiya etdi.
Janob Kuen Kee Hyun Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich bilan uchrashib ushbu beg‘araz hadiya institut talabalari hamda ilmiy tadqiqot o‘tkazayotgan olimlarga ilm fan rivoji uchun hissa qo‘shishda kamarbasta bo‘lib xizmat qilishiga umid bildirdi. Shuningdek janob Kuyen Keye Hyun InterLab kompaniyasi rahbariyati institut rektori Botir Usmonovni 2007-2008 Janbiy Koreyaning Konkuk universitetida “Texnikada axborot texnologiyalari” kafedrasi professori sifatida faoliyat yuritganini e’tirof etganini aytib kelgusi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Hozirda Koreyaning InterLab Inctituti jahon bozorida universitet laboratoriyalari ilmiy – tadqiqot instituti, Koreya mudofaa tadqiqot instituti kabi tashkilotlarga ilmiy tadqiqot uskunalarini ishlab chiqarish, sotish va o‘rnatishga ixtisoslashgan tashkilotlardan biri bo‘lib, O‘zbekistonda fan va texnologiyani uzluksiz va amaliy rivojlantirish uchun, yosh iste’dodlarini texnik jihatdan malakasini oshirishda hamda Jahon bankining MUNIS loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirishda katta yordam beradi.
Bundan tashqari, Koreyaning InterLab kompaniyasi Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan texnologik rivojlanish bo‘yicha faol tadqiqotlar olib borib, o‘zaro hamkorlik orqali Koreya va O‘zbekiston o‘rtasida fan va texnologiyani rivojlantirish bo‘yicha hamkor bo‘lishga va’da berd iva keyinchalik yaqin kelajakda O‘zbekistonda ishlab chiqarish qiyin bo‘lgan qo‘shimcha ilg‘or tadqiqot asbob-uskunalari va materiallar bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda.
Ushbu galgi taqdim etilgan uskunalar asosan 5 qismdan iborat:
- Nano jarayonlarini o‘rganishda foydalaniladigan Distillangan suv ishlab chiqarish qurilmasi- 4Lit. Basic Water Still system
- Turli xil organik moddalarni ajratib olish uchun qurilma-Digital Soxhlet Extraction 6 bed system set
- Nano jarayonlarni o‘rganish uchun zarur bo‘lgan eng ilg‘or darajadagi Gomogenizator-Homoganizer PT-MR 6100 D (Switzerland manufacturing)
- Nanosellyuloza va ilg‘or materiallarni ishlab chiqish jarayoni uchun zarur-PX-MFC 90 D (Blade TYPE : Switzerland manufacturing)
- Turli organik va noorganik materiallarni ishlab chiqish uchun zarur-PX-MFC 90 D (Hammer TYPE ; Switzerland manufacturing).
Bundan tashqari, ushbu uskunalarni ishga tushurish uchun zarur bo‘lgan manbaa materiallari tayyorlanadi va birga taqdim etiladi.
Sizning munosabatingiz qanday?