Toshkent shahar va Toshkent viloyatidagi bir qator oliy ta'lim muassasalariga qarashli talabalar turar joyiga press tur tashkil etildi.
Ushbu press turda Yoshlarni qo'llab-quvvatlash jamoasi ham ishtirok etdi.
2024-yilning 19-avgust sanasida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Toshkent shahar va Toshkent viloyatidagi bir qator oliy ta'lim muassasalariga, jumladan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining yangi qurib, tez kunlarda ishga tushirish ko‘rilayotgan yotoqxonasi, Toshkent davlat sharqshunoslik, Toshkent davlat agrar universitetlari hamda Chirchiq davlat pedagogika universitetining yotoqxonalarga press tur tashkil etildi.
Ma'lum qilinishicha joriy yilda Toshkent davlat pedagogika unversitetida 1500 o'rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirilgan bo'lib, yangi o'quv yiliga qadar Toshkent davlat iqtisodiyot unversiteti 550 o'rinli va Toshkent davlat sharqshunoslik unverstitetida 400 o'rinli talabalar turar joylari foydalanishga topshiriladi.
Eng quvonarlisi Toshkent davlat agrar universitetining eng zamonaviy hamma sharoitlar mavjud bo'lgan 500 o'rinli yotoqxona quriliayotgani bo'ldi. Bizga berilgan ma'lumotlarga ko'ra ushbu obyekt sentyabr oyi oxirigacha bitiirilib talabalar yashashi uchun topshiriladi.
Sizning munosabatingiz qanday?