Toshkent kimyo-texnologiya instituti Xitoy Xalq Respublikasi taʼlim sohasi vakillari bilan samarali hamkorlik qilmoqda.

Jumladan Toshkent kimyo-texnologiya institutida Xitoy-Markaziy Osiyo aqlli qishloq xo'jaligi texnologiyalari Alyansi bosh ofisi ochildi.

Yanvar 23, 2024 - 12:25
Yanvar 23, 2024 - 12:26
 0  14808
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Xitoy Xalq Respublikasi taʼlim sohasi vakillari bilan samarali hamkorlik qilmoqda.

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Shandun Fanlar akademiyasi va O'zbekistonning bir qator oliygohlari bilan hamkorlikda Xitoy-Markaziy Osiyo aqlli qishloq xo'jaligi texnologiyalari Alyansi ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Aqlli qishloq xo'jaligi texnologiyalari Alyansi bosh ofisi, ya'ni Toshkent kimyo-texnologiya institutida faoliyat yuritmoqda. Institut hamda Shandun Fanlar akademiyasi o'rtasidagi hamkorlik 10 yildan ortiq tarixga ega bo'lib, birgalikdagi say-harakatlar orqali Shandun viloyatining ham, O'zbekistonning ham ilmiy-texnologik salohiyatini yanada yuksaltirishga erishilmoqda. Ushbu hamkorlik doirasida 2018-yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutida Modifikatsiyalangan asfalt ishlab chiqarishni avtomatlashtirish texnologiyasi bo'yicha Xitoy-O'zbekiston qo'shma laboratoriyasi tashkil etilgan bo'lsa, 2020-2022-yillarda Xitoy,O'zbekiston hukumatlararo ilmiy-texnikaviy hamkorlik loyihasi va texnologik hamkorlik amalga oshirilgan.

Alyans ochilish marosimida Toshkent kimyo-texnologiya institutining “Informatika, Avtomatika va boshqaruv” kafedrasi dotsenti Qoraboev Dilshod Timurovich O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi universitetlari va ilmiy markazlari o’rtasida mustahkam hamkorlik aloqalarni rivojlantirishga qo’shgan hissasi e'tirof etilib, “2021 Qilu Friendship Award” – “2021 yil Qilu Hamdo’stlik  Mukofoti” faxriy diplomi va medali bilan tantanali ravishda taqdirlandi.

Shuningdek 9-10—noyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Shandun fanlar akademiyasi qoshidagi institutlar faoliyati bilan tanishish, hamkorlikni yo'lga qo‘yish maqsadida tashrif buyurdi. Tashrif doirasida institutimiz rektoriga Shadun fanlar akademiyasi qoshidagi institut kafedrasi faxriy professori unvoni berildi.

Bundan tashqari 26-sentabr sanasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Xitoy Xalq Respublikasining Janubiy-g'arbiy neft universiteti  bilan oʻzaro anglashuv memorandumini imzolandi.

Shuningdek Xitoy xalq respublikasining bir qancha oliy ta'lim muassasalari bilan talaba almashinuvi, professor-o'qituvchilar hamda doktorantlarning malakasini oshirish bo'yicha hamkorlik ishlar davom etmoqda.

Sizning munosabatingiz qanday?

like

dislike

love

funny

angry

sad

wow