Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

avgust 13, 2024 - 11:58
 0  4705
Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘lamini kengaytirish, fuqarolarning daromadlarini izchil oshirib borish siyosatini davom ettirish hamda ularning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, shuningdek, pedagog va tibbiyot xodimlari mehnatini qo‘shimcha rag‘batlantirish maqsadida:

1. 2024-yil 1-sentabrdan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshirilsin. Bunda:

pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 so‘m;

yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 so‘m;

nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 so‘m etib;

fuqarolarga to‘lanadigan boshqa pensiyalar va nafaqalar miqdorlari ilovaga muvofiq belgilansin.

2. 2024-yil 1-oktabrdan boshlab:

byudjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 foizga oshirilsin;

byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori – 10 foizga oshirilsin, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan xodimlar bundan mustasno;

mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 so‘m;

bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m etib belgilansin.

Sizning munosabatingiz qanday?

like

dislike

love

funny

angry

sad

wow