Yoshlar masalalari doimo e'tiborda!
Toshkent kimyo-texnologiya instituti rahbariyati yoshlarga moddiy yordam ko'rsatmoqda
“Inson manfaatlari — hamma narsadan ustun” va “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” tamoyillari asosida fuqarolarning ijtimoiy muammolarini hal etish, huquqiy va qonuniy manfaatlarini taʼminlash borasida mamlakatimizda eʼtiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Yangi Oʻzbekistonimizda keyingi yillarda olib borilayotgan insonparvarlik siyosati dunyo hamjamiyatida eʼtirof etilayotgani ham barchamizni birday quvontiradi.
Aholi murojaatlari, ularni hal etish doimiy eʼtiborda. Jumladan, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich mahalladagi bir qator e'tiborga muhtoj yoshlar bilan suhbat o'tkazib ularga ijtimoiy-moddiy yordam ko'rsatib kelayotgan edi.
Bugun ana shunday yoshlarga navbatdagi yordam ko'rsatilib, 2 nafar talaba-yoshlarning to'lov-kontrakt pullari to'lab berildi hamda moddiy yordam ko'rsatildi.
Aytish kerakki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar “Inson qadri uchun” tamoyiliga asoslangani bilan ahamiyatlidir. Buni bugungi amaliy sayʼ-harakatlar misolida ham koʻrish mumkin.
Sizning munosabatingiz qanday?