Magistraturaga kimlar imtihonsiz qabul qilinadi?
Magistraturaga imtihonlarsiz va til sertifikatisiz o'qishga qabul qilinadigan abtiuriyentlar toifalarini bilib oling
Xuddi bakalavrdagi kabi ayrim abituriyentlarga beriladigan imtiyozlar magistraturada ham bor.
Qator toifadagi talabalar magistraturaga imtihonsiz grant asosida o‘qishga kiradi:
- Prezidentning davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari;
- Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari;
- "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti sohiblari; fan olimpiadasi g‘oliblari;
- Ta'lim vazirligi o'tkazadigan fan olimpiadasi g'oliblari (3 ta o'rin)
- Kimyo va biologiya, informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishini “qizil”ga bitirganlar "o'z yo'nalishiga" imtihonlarsiz to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Faqat bir sharti mukofotlar beradigan imtiyozda undan foydalanmoqchi bo‘lgan talabgor talaba bo‘lishi yoki oliy ta’limning bakalavriat bosqichini tamomlagan bo‘lishi kerak.
Imtiyoz bilan o‘qishga kiradiganlar umumiy kvotadan tashqari magistraturaga qabul qilinadi. Ya’ni ular boshqalarga xalaqit bermaydi.
Sizning munosabatingiz qanday?