Yoshlar masalasi hamisha dolzarb
Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Botir Usmonov mahalladagi ehtiyojmand yoshlarga ko'mak ko'rsatishda davom etmoqda.
Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbari yoshlar bilan ishlashning yangi mexanizmini yaratib berib, ular bilan individual ishlash bo'yicha tegishli ko'rsatmalar bergan edi. Yuqoridagi topshiriqlarni ijrosini ta'minlash maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya institut rektori Usmonov Botir Shukurillayevichning mahalladagi yoshlar muammolari bilan ishlash bo'yicha sayyor o'rganishlari davom etmoqda.
Kuni kecha Usmonov Botir Shukurillayevich Shayhontoxur tumanida yashovchi ehtiyojmand oilalarning yoshlari bilan uchrashdi. Yoshlarga ko'mak ko'rsatib, ularning sharoitidan xabar olindi. Yoshlar uchun "Elektron aravacha" , "Quloq eshitish asbobi", ishda qo'llaniladigan asbob-anjomlar, bir qator dori darmonlar va Oziq-ovqat mahsulotlari sotib olinib, o'z egalariga topshirildi.
Aytish kerakki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar “Inson qadri uchun” tamoyiliga asoslangani bilan ahamiyatlidir. Buni bugungi amaliy sayʼ-harakatlar misolida ham koʻrish mumkin.
Sizning munosabatingiz qanday?