Qoraqalpog'iston Respublikasiga sayohat | 1-kun

Biz Qoraqalpog'iston Respublikasidagi Orol dengizining qurishi yoki ekologiyasi haqida emas, turistik zonalari, tarixiy obidalari va boshqa viloyatlarimizdan qolishmaydigan, borib ko'rsa arziydigan obyektlari haqida so'z yuritamiz.

may 9, 2023 - 19:30
may 9, 2023 - 19:31
 0  16167

Biz Qoraqalpog'iston Respublikasidagi Orol dengizining qurishi yoki ekologiyasi haqida emas, turistik zonalari, tarixiy obidalari va boshqa viloyatlarimizdan qolishmaydigan, borib ko'rsa arziydigan obyektlari haqida so'z yuritamiz.

Biz Qoraqalpog'istonning Ellikqal'a, Xo'jeyli hamda Taxtako'pir tumanlarida bo'ldik. U yerlarda chuchuk suvdan tashkil topgan Aqchako'l hamda Qorateren nomli katta ko'llar mavjud, shuningdek 2200 yildan ortiq tarixga ega qal'alar, maqbaralar mavjud. Ayni paytda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan ushbu hududlarni turistik habga aylantirish va turistlar uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan bir qator rejali ishlar amalga oshirilmoqda.

1 hafta davomida u yerdagi havo Toshkentnikidan ancha tozaroq ekanligiga amin bo'ldim. 

Elikqala tumanida Aqchako'l deb nomlangan chorvoqdan uncha katta bo'lmagan katta ko'l bor, ayni paytida uni turistik zonaga aylantirish ishlari yakunlab qoldi. Bu yerda plyaj mexmonxonalar villalar va boshqa ko'ngil ochar zonalar tashkil qilinmoqda, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidan kelgan vakillar bu yerni turistik zonaga aylantirish va jarayonlarni tezlashtirish maqsadida bir qator rejali ishlar amalga oshirilmoqda. Bu yerga kelsangiz o'zingizni huddi chet el plyajida yurgandek xis qilasiz, sababi plyajga chet eldan maxsus qumlar olib kelingan.

Elikqa'la tumanida joylashgan, aqchako'ldan 30 kilometrcha uzoqlikdagi 2200 yillik tarixga ega bo'lgan qadimgi xorazmning eng muhtasham qala'laridan biri hisoblangan ayozqalaga keldik. Bu yerga tashrif buyuruvchilar uchun tarixiy muhit yaratilgan, arg'imchoqlar, o'tovlar, tuyalar va boshqa tarixni eslatuvchi elementlar mavjud.

Sizning munosabatingiz qanday?

like

dislike

love

funny

angry

sad

wow