Kostyum va galstuklardan voz kechish elektr energiyasini tejashga yordam beradi — Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ekspertlari
Qayd etilishicha, MHTI kiyim uslubining xona harorati sovutish tizimiga taʼsirini tahlil qilgan: kostyum va bo‘yinbog‘lar o‘rniga qulay kundalik kiyimga o‘tishni mavsumiy tartibga solish ichki energiya isteʼmoliga sezilarli taʼsir ko‘rsatishi mumkin, xarajatlarni kamaytirishda va iqlim uchun foydalidir.
O‘zbekistonlik amaldorlarning kostyum va galstuklardan voz kechishi elektr energiyasini tejashga yordam beradi. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) tahlilida so‘z boradi.
Qayd etilishicha, MHTI kiyim uslubining xona harorati sovutish tizimiga taʼsirini tahlil qilgan: kostyum va bo‘yinbog‘lar o‘rniga qulay kundalik kiyimga o‘tishni mavsumiy tartibga solish ichki energiya isteʼmoliga sezilarli taʼsir ko‘rsatishi mumkin, xarajatlarni kamaytirishda va iqlim uchun foydalidir.
O‘zbekiston miqyosida maʼlumotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, binolardagi konditsionerlar haroratini 2 darajaga pasaytirish 293 million kVt/soat elektr energiyasini tejash va karbonat angidrid ajralishini 155,8 ming tonnaga kamaytirish imkonini beradi.
Binolarni sovutish global elektr energiyasi isteʼmolining 10 foizi (2 000 TVt/soat) va yillik issiqxona gazlari ajralmasining deyarli 4 foizi (1,950 million tonna)ni tashkil qiladi. Konditsionerda o‘rnatilgan haroratni (sovutish rejimida) 1 darajaga oshirish isteʼmol qilinadigan elektr energiyasining 7 foizini tejaydi, yengil kiyim kiyish esa xonadagi ideal yuqori harorat chegarasini 2 darajaga oshiradi.
Ideal harorat oralig‘i 23,5 darajadan (kostyumdagi ishchi uchun) 29 darajagacha (yozgi kiyimdagi kishi uchun) tashkil qiladi. Ammo ko‘p hollarda termostat ko‘rsatkichi eng quyi chegaraga o‘rnatiladi va natijada ishchilarning katta qismi hatto yilning jazirama kunlarida ham ko‘p qavatli kiyim kiyadi.
Ta’kidlanishicha, baʼzi mamlakatlarda kostyum va bo‘yinbog‘li ishchilar uchun qulay harorat yaratish uchun konditsionerlardan foydalanishdan qochishga harakat qilinmoqda va kundalik qulay kiyimlar kiyishni rag‘batlantirilmoqda. Jumladan:
- Yaponiya hukumati tomonidan har yili o‘tkaziladigan Cool Biz tadbiri orqali ofislarda ruxsat etilgan kiyim uslubini o‘zgartirishni rag‘batlantiriladi hamda energiyani tejashga erishiladi;
- Janubiy Koreya ham shu kabi Cool Biz tadbirini 2006-yilda joriy qilgan;
- BMT Bosh kotibi energiya sarfini kamaytirish va BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasining uglerod izini kamaytirishga qaratilgan Cool UN tashabbusini amalga oshirgan;
- Shanxayning Lujiazui tumani 32 ta ofis binosida kostyum va bo‘yinbog‘lar yengil kiyimlarga almashtirilgan hamda xonalardagi harorat ikki darajaga, yaʼni 26 darajaga ko‘tarilgan.
“‘Mavsumga ko‘ra kiyinish’ ob-havo omilini inobatga olgan holda va qulaylik darajasidan kelib chiqib kiyinishni anglatadi. Bu nafaqat ichki energiya isteʼmolini qisqartiradi, balki xarajatlar kamayishi va iqlim uchun foydali taʼsirga egadir”, — deyiladi tahlilda.
Sizning munosabatingiz qanday?