Buxoroda o‘qituvchi malaka oshirish tinglovchisidan darslardan ozod qilish evaziga 1 mln so‘m pora olayotganda qo‘lga tushdi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

may 16, 2023 - 20:57
may 16, 2023 - 21:01
 0  11597
Buxoroda o‘qituvchi malaka oshirish tinglovchisidan darslardan ozod qilish evaziga 1 mln so‘m pora olayotganda qo‘lga tushdi.

O‘zbekiston Respublikasi o‘rta tibbiyot va farmasevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Buxoro filiali o‘qituvchisi Buxoro shahrida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan Q.Z. va Buxoro shahar “Istiqlol” mahallasida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan A.D.lar bir guruh bo‘lib, xizmat mavqeyidan foydalanib, mazkur filialda o‘qib kelayotgan N.G.ni aldab, ishonchini suiiste’mol qilib, darslardan ozod qilish vakolati bo‘lmasada, vakolatli tanishlari orqali uni darslardan ozod qilish evaziga 1 mln. so‘m miqdorida pul mablag‘i berishini so‘rashgan.

2023-yil 3-may kuni taxminan soat 14:30 larda Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu shaxslar filialdagi xizmat xonasida talab qilingan pullarni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sizning munosabatingiz qanday?

like

dislike

love

funny

angry

sad

wow