Hindistonlik erkak Andijondagi oliygohlardan birida tahsil oluvchi talaba qizdan sevgisiga rad javobi olgach o'zini "Bog'i Bobur" hiyobonida butunlay yoqib yubordi.

Hindistondan kelgan fuqaro (1986 yilda tug'ilgan erkan) Andijon davlat tibbiyot institutida tahsil olayotgan 2002-yilda Hindistonda tug'ilgan talaba qizni oldiga kelib, unga turmush qurish istagidaligini bildirgan va institut yaqinidagi mehmonxonada yashab kelgan.

may 18, 2023 - 22:26
may 18, 2023 - 22:29
 0  11544
Hindistonlik erkak Andijondagi oliygohlardan birida tahsil oluvchi talaba qizdan sevgisiga rad javobi olgach o'zini "Bog'i Bobur" hiyobonida butunlay yoqib yubordi.

Andijon viloyati prokuraturasining xabar berishicha joriy yilning 9-may kuni Hindistondan O‘zbekistonga kelgan fuqaro (1986 yilda tug‘ilgan erkak) Andijon davlat tibbiyot institutida tahsil olayotgan 2002 yilda Hindistonda tug‘ilgan talaba qizni oldiga kelib, unga turmush qurish istagida kelganligini bildirgan va institut yaqinidagi mehmonxonada yashab kelgan. 

Qizdan rad javobini olganidan so‘ng uning ruhiyatida o‘zgarish bo‘lib, Hindistonlik boshqa talabalarga endi hayotning qizig‘i yo‘qligi, o‘z joniga qasd qilishi haqida aytib kelgan va “Zaxriddin Muhammad Bobur” nomidagi istirohat bog‘i hududiga kiruvchi adirlikda noma’lum suyuqliq yordamida o‘zini yoqib, voqea joyida vafot etgan.

Sudga oid tibbiy ekspertizaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, marhumning tanasi va ichki a’zolarida biror bir ko‘rinishdagi tan jarohatlari aniqlanmagan.   

Hozirda sud-tibbiy, sud-kimyoviy va sud-biologik ekspertizalari tayinlangan. 

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 103-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Sizning munosabatingiz qanday?

like

dislike

love

funny

angry

sad

wow