Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashuvda kelgusida talabalarga beriladigan bir qator imtiyozlarni aytib o'tdi.

O'qishni ko'chirish va to'lov-kontraktida yengilliklar beriladi.

Iyun 13, 2023 - 12:32
 1  11795
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashuvda kelgusida talabalarga beriladigan bir qator imtiyozlarni aytib o'tdi.

Kuni kecha Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonlik saylovchilar bilan uchrashuvda Yangi o‘quv yilidan boshlab, oliygohda o‘qiyotgan xotin-qizlar uchun, kim to‘lashidan qatʼi nazar, kontrakt to‘lovi daromad solig‘idan ozod qilinishi haqida aytib o'tdi. Hozirda ushbu imtiyoz farzandi va turmush o‘rtog‘i uchun kontrakt to‘laganlarga qo‘llanilar edi.

Bu degani, agar kelgusida ushbu qaror kuchga kirsa, talaba xotin-qizlarning kontrakti uchun aka-ukasi, qaynota yoki qaynonasi, tog‘asi yoki amakisi, xullas kim to‘lashidan qatʼi nazar, barchaga daromad solig‘idan imtiyoz qo‘llanadi. Jaydari tilda aytganda kontrakt to‘lagan summasidan 12 foiz qaytarib beriladi.

Shuningdek “Qoraqalpog‘istonda oliy taʼlim qamrovi kelgusi yilning o‘zida 50 foizga yetkaziladi. Buning uchun, chet ellarda o‘qiyotgan yoshlarimizning o‘qishini yurtimiz oliygohlariga davlat granti asosida ko‘chirish amaliyotini yo‘lga qo‘yamiz” — dedi prezident.

Sizning munosabatingiz qanday?

like

dislike

love

funny

angry

sad

wow