HAR BIR KO‘CHAT NAZORATGA OLINDI
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 2 noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish masalalari muhokama qilingan edi. Unda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari ko‘rib chiqilib, yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga yetkazish uchun mablag‘lar ajratish, zarur sug‘orish tarmoqlarini barpo etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berildi.
“Yashil makon” loyihasi hovli-joylar, ko‘p qavatli uylar, yo‘llarimiz bo‘ylaridagi yashil xududlarni toza saqlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish xalqimizda o‘zaro mehr-oqibat, hamjihatlikni yanada mustahkamlash uchun xizmat qilmoqda. Yurtimizning barcha hududlarida “Obod va ko‘rkam mahallam” obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari o‘tkazilib, 10 dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha “dolzarb 40 kunlik” bo‘lib o‘tmoqda.
Bu tashabbus oilalar, mahallalar, korxona, tashkilot, muassasalar kesimida ham qo‘llab-quvvatlanib, keng ko‘lamli ishlar tashkil etilmoqda. Hususan Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan ham ko‘chat ekish, obodonlashtirish tadbirlari olib borilmoqda.
Jarayonda boshqarmasi boshlig‘i Botirjon Ashurov bosh-qosh bo‘lib, hududlarni yashil makonga aylantirishda faol bo‘lgan xodimlarni taqdirlash orqali rag‘batlantirib kelmoqda. Bu esa safdoshlarni yanada ruhlantirib, yurtimizni yashillikka burkash yo‘lidagi xayrli ishlariga qanot bo‘lmoqda.
Ekilgan har bir manzarali va mevali ko‘chatlar nazoratga olinib, ularni qurib qolishining oldini olish va durkun o‘sishi uchun mas’ullar belgilandi.
Sizning munosabatingiz qanday?