Kelasi oy o‘zbekistonliklarni, ayniqsa talabalarni uzun dam olish kunlari kutmoqda

Iyun oyining oxirida O‘zbekiston aholisi ketma-ket kamida uch kun, ko‘pi bilan besh kun dam oladi. Shuningdek rejaga ko'ra talabalar uchun 2022/2023-o'quv yil 30-iyun tugab, yozgi ta'til boshlanadi.

may 30, 2023 - 21:06
 0  11505
Kelasi oy o‘zbekistonliklarni, ayniqsa talabalarni uzun dam olish kunlari kutmoqda

Avvalroq 2023-yilda Qurbon hayiti 29-iyun (payshanba) kuni nishonlanishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Biroq, endi turli manbalarda sanalar turlicha berilmoqda - 28-iyundan 30-iyungacha.

Keyinroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo markazida 2023-yilda respublikada Qurbon hayitini nishonlashning eng ehtimoliy sanasi 28-iyun ekanligiga aniqlik kiritildi.

Mart oyida Tatariston raisi Rustam Minnixonov 2023-yilda Ramazon va Qurbon hayitlari nishonlash sanalarini belgilash to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Tataristonda Qurbon hayiti 28-iyun kuni nishonlanadi. Qozog‘istondan ham shunga o‘xshash ma’lumot kelgan.

Prezidentning 20-apreldagi qaroriga binoan, ish haftasi turidan qat’i nazar, 30-iyun (juma) barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni deb e’lon qilindi. Bundan tashqari, 6 kunlik ish haftasiga ega bo‘lgan ishchilar uchun 1-iyul (shanba) qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi. 

Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib, O‘zbekiston aholisi Qurbon hayitida ketma-ket kamida uch kun dam oladi, degan xulosaga kelish mumkin (hujjatga ko‘ra): 

- 30-iyun (juma) - ish haftasi turidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni; 
- 1-iyul (shanba) - 6 kunlik ish haftasi bo‘lgan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
- 2-iyul (yakshanba) - taqvim bo‘yicha dam olish kuni.

Ammo Qurbon hayiti 29-iyun (payshanba) kuni nishonlanadigan bo‘lsa, o‘zbekistonliklar to‘rt kun, agar 28-iyun kuni nishonlansa - ketma-ket besh kun dam olishadi. 

Aniq sana bayramga yaqin belgilanadi. Qonunchilikka ko‘ra, bayram kuni bir kunga kechiktirilishi mumkin. 

Sizning munosabatingiz qanday?

like

dislike

love

funny

angry

sad

wow