Ijtimoiy tarmoqlarda "Yangi qonunga ko'ra Juma bilan tabriklash jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi" qabilida yozilgan bir qancha ogohlantirishlar va topshiriqlar tarqalmoqda.

Jumladan talabalarga ham rahbariyat tomonidan shu kabi ogohlantirishlar berilmoqda. Ho'sh, juma bilan tabriklash javobgarlikka sabab bo'ladimi? Advokat ushbu savolga javob berdi.

may 30, 2023 - 00:16
 3  16628
Ijtimoiy tarmoqlarda "Yangi qonunga ko'ra Juma bilan tabriklash jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi" qabilida yozilgan bir qancha ogohlantirishlar va topshiriqlar tarqalmoqda.

2-3 kundan buyon ko‘pchilik so‘rayapti: Yangi qonun chiqib, juma bilan tabriklash ta’qiqlanibdi, hattoki, odamlar javobgarlikka tortilyaptimish, shu to‘g‘rimi?

Juma bilan tabriklash ta’qiqlanmagan, buning uchun biron bir javobgarlik ham nazarda tutilmagan. Hoxlasangiz boshqa kunlar bilan ham tabriklayvering, hech kim qarshilik qilmaydi.

Lekin ayrim hollarda tabriklash bilan birga diniy materiallar ham, masalan, diniy ma’ruza yoki diniy qo‘shiqlar ham jo‘natilishi mumkin. Bu esa javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” gi Qonunning 10-moddasiga ko‘ra diniy mazmundagi materiallar diniy ta’limotning aqidaviy asoslarini, tarixini, diniy ta’limot mafkurasini va sharhlarni, turli diniy ta’limotlarning marosimlar o‘tkazish amaliyotini, shuningdek alohida shaxslarning, tarixiy faktlar va hodisalarning diniy nuqtai nazardan bahosini aks ettiruvchi ma’lumotlarni o‘ziga olgan har qanday materiallar diniy materiallar hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish jamiyatda konfessiyalararo totuvlik hamda diniy bag‘rikenglik buzilishiga olib keladigan, diniy zo‘ravonlik va boshboshdoqlikka chorlaydigan g‘oyalar hamda qarashlar tarqalishining oldini olish maqsadida dinshunoslik ekspertizasining ijobiy xulosasi olinganidan keyin amalga oshiriladi.

Ya’ni, internet tarmog‘ida, jumladan, telegramm, feysbuk, tvitter kabi ijtimoiy tarmoqlarda diniy mazmundagi materiallarni tarqatishga dinshunoslik ekspertizasining ijobiy xulosasi olinganidan keyingina yo‘l qo‘yiladi. 

Biz odatda diniy materialni ko‘rib, ijobiy ekspertiza hulosasi olingan yoki olinmaganligini aniqlay olmaymiz. Ijobiy ekspertiza hulosasi mavjudligini aniqlagan taqdirda ham ushbu materialni tayyorlagan insonlarning mualliflik huquqi bor. Shuning uchun yaxshisi diniy materiallarni hech kimga jo‘natmagan ma’qul. 

Bundan tashqari, ayrim ijtimoiy tarmoqlarda, masalan yutyub, tik-tok yoki feysbukda diniy materiallarni o‘z profilingizda saqlashingizning o‘zi ham tarqatish deb baxolanadi. Chunki bu ijtimoiy tarmoqlarda nimanidir tarqatish uni profilingizga qo‘yish orqali amalga oshiriladi. 

Aytaylik, siz kimnidir juma bilan tabriklab bir kichik bir diniy ma’ruzasi bo‘lgan fayl jo‘natdingiz yoki profilingizga joyladingiz, agar shu material bo‘yicha ijobiy ekspertiza hulosasi olinmagan bo‘lsa, unda javobgarlik kelib chiqadi.

MJtK ning 184-2-moddasida diniy mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki tarqatish uchun – materiallarni va ularni tayyorlash hamda tarqatish uchun tegishli vositalarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ya’ni, sizga qancha jarima qo‘llanilishidan qat’iy nazar tarqatishda foydalanilgan telefoningiz yoki kompyuteringiz musodara qilinadi.

Shu harakatlar ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida qayta amalga oshirilsa, JK ning 244-3-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilgan materiallar diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan bo‘lsa, buning uchun JK ning 244-1-moddasi 3-qismida besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Shuning uchun juma bilan tabriklashda diniy materiallarni ham qo‘shib jo‘natishdan saqlaning. Juma bilan tabriklashda oddiy so‘z bilan yoki oddiy bir rasmli fayl bilan tabriklash ham yetarli, menimcha.

©️ Advokat Qosimov

Sizning munosabatingiz qanday?

like

dislike

love

funny

angry

sad

wow