Kontraktni belgilangan muddat kelmay turib to’liq to’lamaganlarni yakuniy yoki oraliqlarga kiritmaslikka OTM mas’ullarining haqqi bormi?
Yo’q bunga haqqi yo’q, yakuniy va oraliqlarga talabani kiritmaslik uchun kontraktni to’lamaslik asos bo’la olmaydi. Agar talaba umuman kontrakt to’lamagan bo’lsa uni talabalar safidan chetlatishi mumkin xolos.
Talabani oraliqqa yoki yakuniyga kiritmaslik, ataylab fandan yiqitish, darsga kiritmay nb qo’yib qo’yish, va boshqa g’ayriqonuniy harakatlar amalga oshirish umuman mumkin emas.
Kontrakt to'lash muddatlari:
- belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);
- belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);
- xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;
Sizning munosabatingiz qanday?