Qizlar yotoqxonasi oldidagi jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzgan 62 yoshli erkak 15 sutkaga qamaldi

Videoga olgan qizlarning xabar berishicha u yotoqxona binosi oldiga kelib qizlarga qarata "o'ta uyatsiz" harakatlarni amalga oshirgan.

may 27, 2023 - 14:18
 4  11248
Qizlar yotoqxonasi oldidagi jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzgan 62 yoshli erkak 15 sutkaga qamaldi

Ushbu holat bo'yicha Toshkent sahar IIBB quyidagilarni maʼlum qildi.

Joriy yilning 24-may kuni taxminan soat 15.00 larda Uchtepa tumanida joylashgan oliygohlardan birining qizlar uchun mo‘ljallangan yotoqxonasi oldida, 1961 yilda tug‘ilgan Z.E. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan mayda bezorilik sodir etgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu fuqaro ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan fuqaro Z.E.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudi tomonidan unga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Sizning munosabatingiz qanday?

like

dislike

love

funny

angry

sad

wow