Jismoniy tarbiya va sport universitetida qonunchilik talablari buzilgani aniqlandi.

Xususan, ijodiy imtihon ballari oshirib qo‘yilgan, kvotalar sun’iy oshirilgan, korrupsiya va talon-toroj qilish kabi holatlarga yo‘l qo‘yilgan

aprel 22, 2023 - 15:55
 0  11400
Jismoniy tarbiya va sport universitetida qonunchilik talablari buzilgani aniqlandi.

Universitetning Farg‘ona filialida ham bir qator qonun buzilish holatlari aniqlangan. Universitetda o‘qishga qabul kvotalari ham sun’iy ravishda oshirilib, 3160 o‘rinli universitetga 13 634 nafar yoki sig‘imga nisbatan 4,5 baravar ko‘p talabalar qabul qilingan.

So‘nggi 2 yilda talaba va o‘qituvchilar tomonidan jami 6 ta korrupsiyaviy va 23 ta boshqa turdagi jinoyatlar sodir etilgan. Tekshirish davomida o‘tkazilgan tadbirda talabalar D.I. va J.S. fuqaro G‘.M. ni o‘qishga kiritish uchun undan 5 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Bundan tashqari, 587 nafar o‘qituvchi va xodimga 1,2 mlrd so‘m rag‘batlantirish pullari hamda o‘tilmagan dars soatlari uchun 172 mln so‘m mablag‘ noqonuniy to‘lanib, talon-toroj qilingan. Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov olib borilmoqda.

Sizning munosabatingiz qanday?

like

dislike

love

funny

angry

sad

wow