Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga 17 nafar oliy taʼlim vakili sazovor boʻldi

Prezident qaroriga koʻra 1 nafar kafedra mudiri, 4 nafar magistr, 12 nafar talaba-qiz aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, tashabbuskorligi, oʻqishdagi muvaffaqiyatlari hamda taʼlim, fan, adabiyot, sanʼat, madaniyat, sport sohalarida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

aprel 22, 2023 - 15:10
 0  11531
Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga 17 nafar oliy taʼlim vakili sazovor boʻldi

Ergashova Bahora Sayfillo qizi – Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti kafedrasi mudiri;

Aminova Niginabonu Bahriddinovna – Toshkent moliya instituti magistranti;

Ilmatova Rinata Rinatovna – Termiz davlat pedagogika instituti magistranti;

Anvarbekova Charos Anvarbek qizi – Toshkent davlat agrar universiteti magistranti;

Xudoyorova Farangiz – Samarqad davlat chet tillar instituti magistranti;

Niyetbayeva Hurliman Amanbay qizi – Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi;

Abdukarimova Feruza Ulugʻbek qizi –Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti talabasi;

Muxtarxoʻjayeva Durdona Mutalibjon qizi – Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali talabasi;

Gʻayratova Gulzoda Sanʼat qizi – Buxoro davlat universiteti talabasi;

Jalolova Lobarxon Sunnatullo qizi – Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi;

Abdulazizova Nigora Muhammadjon qizi – Namangan davlat universiteti talabasi;

Mamajonova Muxlisaxon Muzaffar qizi – Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi;

Abduolimova Zarnigorxon Alisher qizi – Guliston davlat universiteti talabasi;

Isomadinova Goʻzal Zaxriddin qizi – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabasi;

Yoʻldosheva Nargiza Doston qizi – Milliy rassomlik va dizayn instituti talabasi;

Jamoliddinova Nodirabegim Baxtiyorjon qizi – Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti talabasi;

Yusupova Indira Rustamovna – Urganch davlat universiteti talabasi.

Sizning munosabatingiz qanday?

like

dislike

love

funny

angry

sad

wow