Bu yilgi qabulda qanday o'zgarishlar bor? OTFI vaziri Ibrohim Abdurahmonov bir qator savollarga javob berdi.

Magistraturaga topshirmoqchi bo'lganlar uchun "surpriz" bor.

Iyun 12, 2023 - 12:37
 0  16148
Bu yilgi qabulda qanday o'zgarishlar bor? OTFI vaziri Ibrohim Abdurahmonov bir qator savollarga javob berdi.

Sherodxo'ja Qudratxo'ja bilan deb nomlangan shouda Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vaizir Ibrohim Abdurahmonov hamda O'zJOKU rektori Sherzodxon qabul 2023 ga bag'ishlangan suhbat o'tkazdilar.

Unda Ibrohim Abdurahmonov bu yil magistraturaga qabul faqat bir marta bo‘lishi haqida aytib o'tdi: "O‘tgan yili ilk marta til sertifikati talab qilingani va yangi tizim bo’lgani uchun istisno tarzda bir yil uchun 2 marta qabulga ruxsat olgan edik. Lekin bu yil qabul an’anaviy faqat bir marta bo‘ladi, qishki qabul bo’lmaydi" — dedi Ibrohim Abdurahmonov.

Shuningdek texnikumni bitirganlar suhbat asosida 2-kursga qabul qilish amaliyoti bekor qilinmagani haqida aytib o'tdi: Prezidentning 2019-yil 6-sentyabrdagi PF-5812-son Farmoni (https://lex.uz/ru/docs/4500926) hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-son qaroriga (https://lex.uz/ru/docs/5818575) ko'ra, o‘tgan yildan boshlab texnikumlarda o‘rta maxsus taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali OTMlarda 2-bosqichdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi. Yuqoridagi ikkala hujjat ham hozir kuchida turibdi, bekor bo‘lgani yo‘q.

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga kirish uchun quyidagi barcha shartlarga mos kelishi kerak:

  • texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari «5 (aʼlo)» va «4 (yaxshi)» bo'lishi;
  • bunda o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy taʼlim muassasalari uchun kamida 85 foizi) «5 (aʼlo)» bo‘lishi;
  • birorta «3 (qoniqarli)» bahosi bo'lmasligi kerak.

Lekin o'tgan yili davlat rahbari texnikumlarga qabul jarayonlarini qayta ko'rib chiqish kerakligi haqida aytib o'tgan edi. Jumladan “Umuman, texnikumlarga bo‘lgan yondashuvlarni o‘zgartirish kerak. Ular oliygohga kirishning oson yo‘li emas, murakkab kasb beradigan, mehnat bozorida raqobat qiladigan tizim bo‘lishi kerak”, degan edi davlat rahbari.

Yangi o‘quv yilida taxminan 381 ming kvota tasdiqlanishi mumkin, shundan 60 ming kvota davlat grantlariga ajratiladi.

Sizning munosabatingiz qanday?

like

dislike

love

funny

angry

sad

wow