Akademik litseylarga hujjatlar 1-iyundan onlayn qabul qilinadi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “2023/2024-oʻquv yili uchun akademik litseylarga oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish jarayonini tashkil etish toʻgʻrisida”gi buyrug‘i tasdiqlandi.

may 22, 2023 - 22:58
may 22, 2023 - 23:00
 12  11804
Akademik litseylarga hujjatlar 1-iyundan onlayn qabul qilinadi

Unga ko‘ra, akademik litseylarga hujjat topshiruvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Yagona ta’lim xizmatlari portali” my.edu.uz (http://my.edu.uz/) platformasi orqali joriy yil 1-iyundan 30-iyunga qadar bepul amalga oshiriladi.

Respublikamizdagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari haqidagi ma’lumot platformada avtomatik shakllanadi. Faqat ular imtiyoz beruvchi hujjat va 3,5x4,5 hajmdagi fotosurat (agar pasport/ID olmagan bo‘lsa) yuklashlari zarur bo‘ladi.

Ayrim abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish jarayonida platforma orqali quyidagi hujjatlarni yuklaydi:

– xorijiy davlatda umumiy o‘rta ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatning tan olinganlik (nostrifikatsiya) haqidagi ma’lumotnomasi (agar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan abituriyent maktabning 9-sinfini xorijiy davlatda tamomlagan bo‘lsa);
– o‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlarning asli (fan olimpiadasi, tanlovlar, musobaqa g‘olibi ekanligini tasdiqlovchi), diplom, sertifikat, guvohnoma, shuningdek, chet tili va umumta’lim fanlarini bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (agar mavjud bo‘lsa);
– abituriyentning 3,5x4,5 hajmdagi fotosurati (agar abituriyent tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi bilan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa).

Shuningdek, platformada:

– abituriyent ta’lim yo‘nalishi, tili, qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini ko‘rsatadi;
– ularga uchtagacha akademik litseyning ta’lim tili bir xil bo‘lgan bittadan mos yo‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi.

Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bu yerda: https://t.me/eduuz/12592

Sizning munosabatingiz qanday?

like

dislike

love

funny

angry

sad

wow