Bu yil abituriyent kirish imtihonida qatnashish uchun 165 ming so‘m to‘lov qiladi

Lekin ayrim abituriyentlar to'lovdan ozod qilinadi.

Iyun 8, 2023 - 13:17
 0  16234
Bu yil abituriyent kirish imtihonida qatnashish uchun 165 ming so‘m to‘lov qiladi

O‘rta ta’limni avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov qilishlari kerak.

Ayni paytda bir BHM – 330 ming so‘m, yarim baravari esa 165 ming so‘m. 

Lekin hamma abituriyentlar ham to‘lov qilmaydi. To‘lovdan ozod abituriyent toifalari:

  • o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslar;
  • mehribonlik uylari bolalari;
  • bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
  • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
  • “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.

Eslatib o'tamiz qabul jarayonlari 20-iyundan 20-iyulga qadar bo'lib o'tadi.

Sizning munosabatingiz qanday?

like

dislike

love

funny

angry

sad

wow