Bu yil OTMlarga hujjat topshirish 20-iyundan boshlanib, 1 oy davom etadi.

Hujjat topshirishga sal kam 28 kun qoldi, lekin qabul parametrlari hali e'lon qilingani yo'q. Bu yil ham har yilgidek qabul boshlangandan keyin tasdiqlanadimi?

may 22, 2023 - 18:13
may 22, 2023 - 18:15
 0  11505
Bu yil OTMlarga hujjat topshirish 20-iyundan boshlanib, 1 oy davom etadi.

OTMlarning bakalavriat bosqichiga bu yilgi qabul 20 iyundan boshlanib 20 iyulgacha davom etadi. Bu haqida Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Majid Karimov xalqaro press klubning qabul masalalariga bag‘ishlangan sessiyasida ma’lum qildi. 

“Bu yilgi qabul uchun abituriyentlarning hujjat topshirish jarayoni 20 iyundan 20 iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Chet tilidan kasbiy ijodiy imtihon topshiruvchi abituriyentlar esa 10 iyulgacha hujjatini topshirib bo‘lishi kerak”, dedi Majid Karimov. 

Shuningdek, agentlik direktori abituriyentlarda ta’lim yo‘nalishi bilan birga ta’lim shaklini tanlash imkoni ham borligini ma’lum qildi.

“Ilgari har bir abituriyent 5 tagacha yo‘nalish tanlashi mumkin edi va bu yo‘nalishlar bir ta’lim shakli doirasida cheklanardi. Masalan, kunduzgi ta’lim shaklini tanlasa, 5 ta yo‘nalish ham aynan kunduzgi bo‘lishi kerak edi. Kechkini tanlasa, hammasi kechki shaklda bo‘lishi kerak edi. Endi abituriyent istalgan ta’lim yo‘nalishi bilan birga istalgan ta’lim shaklini ham tanlashi mumkin”, dedi Majid Karimov. 

Ma’lumot uchun, ayni paytda O‘zbekistonda ta’lim shakllari 4 tani (kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy) tashkil qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlarga ta’lim yo‘nalishlari bilan birga ta’lim shakllarini ham tanlash imkoni prezident qarori bilan 2022 yilgi qabuldan amalga kiritilgan.

Sizning munosabatingiz qanday?

like

dislike

love

funny

angry

sad

wow