Kontrakt bo‘yicha kvotalar vazirliklar tomonidan tasdiqlanishi kerak

To‘lov-kontrakt bo‘yicha kvotalar OTM tegishli bo‘lgan vazirliklar tomonidan tasdiqlanadi hamda har yili 20-iyungacha Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi saytida e’lon qilinishi belgilangan.

Iyun 15, 2023 - 23:57
 0  16264
Kontrakt bo‘yicha kvotalar vazirliklar tomonidan tasdiqlanishi kerak

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlariga to‘lov kontrakt bo‘yicha kvota Prezident tomonidan tasdiqlanmaydi, Prezident tomonidan faqat davlat granti bo‘yicha kvota tasdiqlanadi.

To‘lov-kontrakt bo‘yicha kvotalar OTM tegishli bo‘lgan vazirliklar tomonidan tasdiqlanadi hamda har yili 20-iyungacha Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi saytida e’lon qilinishi belgilangan.

Bakalavriat uchun imtihon fanlarini Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi imtihondan kamida 6 oy oldin e’lon qilishi lozim.

O‘zbekistondagi xorijiy OTMlar (ularning filiallari) hamda nodavlat OTMlarda o‘qish uchun 1 000 ta grant ajratiladi.

Bu grantlar bo‘yicha qaysi xorijiy yoki nodavlat OTMga nechta o‘rin ajratilganligiga oid ma’lumot 1 iyulgacha Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi saytida e’lon qilinishi kerak.

Manba

Sizning munosabatingiz qanday?

like

dislike

love

funny

angry

sad

wow