10-11 sinf o‘quvchilariga fanlarni tanlab o‘qish imkoniyati yaratiladi
Joriy yilgi Davlat dasturi loyixasiga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yangi o‘quv dasturlari amaliyotga kiritiladi.
Bunda:
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1–4 sinflarida o‘quvchilarni ilg‘or xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan darsliklar bo‘yicha o‘qitish;
5–9-sinflarda o‘quvchilarga umumta’lim fanlaridan tayanch bilimlar berish;
10–11-sinf o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos bo‘lgan ixtisoslashgan dasturlar asosida bilim berish amaliyoti joriy qilinadi.
Takomillashtirilgan o‘quv reja asosida 8 ta majburiy fan va 2 ta tanlov fan (kimyo-biologiya, matematika fizika, tarix-huquq, ona tili va adabiyot-chet tili) tanlash imkoniyati yaratiladi.
Sizning munosabatingiz qanday?