Toshkent kimyo-texnologiya instituti Xalqaro reytinglarda natija qayd etdi

Iyun 1, 2023 - 23:48
 0  11538
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Xalqaro reytinglarda natija qayd etdi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti ta’lim sifatiga alohida e’tibor qaratib, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlar sari dadil intilmoqda. Butun dunyoga o‘z nufuzi va shaffofligi bilan tanilgan Buyuk Britaniyaning Times Higher Education –“THE” reytingida Toshkent kimyo-texnologiya instituti 1000+ natijani qayd etdi.

O'zbekistonda 200dan ortiq oliy ta'lim muassasalari bor, shulardan 43tasi "Times Higher Educationning Impact Rankings 2023"da ishtirok etdi. Barcha oliy ta'lim muassasalari keraklicha baholanib kuni kecha natijalari e'lon qilindi. Unda Toshkent kimyo-texnologiya instituti ilk marotaba ishtirok etdi, TKTI sahifasi yonida Impact Rankings 2023 belgisi qo'yildi. Institut Axborot-tahlil markazining xabar berishicha kelasi yillardan puxta tayyorlanib yanada yuqori o'rinlarni egallashda kerakli amallarni bajaradi.

Sizning munosabatingiz qanday?

like

dislike

love

funny

angry

sad

wow