Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Yashil kimyo va barqaror rivojlanish” Xalqaro ilmiy haftaligi bo‘lib o‘tmoqda
Haftalik tashkilotchisi GREEN CHEMISTRY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT bo‘lib, hamkorlar O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti, Al-Farobiy nomidagi NAO “Qozog‘iston milliy universiteti”, UNPRMEning Yevroosiyo bo‘limi hisoblanadi.
Shuningdek, «O‘zkimyosanoat» AJ, «O‘zsanoatqurilishmateriallari» AJ, «Kvars» AJ, «Asl Oyna» AJ, «Artel» AJ, «AKKERMANN CEMENT» MCHJ, «Art Gloss Galery» xoldingi, «Texnopark” MCHJ, «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ singari yirik korxona va brendlar haftalik doirasida ishtirok etmoqdalar.
- 24-may kuni ilmiy haftalikning ochilish marosimi o‘tkazilib, umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda akademik litsey o‘quvchilari ishtirokida “Yosh kimyogarlar” olimpiadasi o‘tkazildi.
- 25-may kuni «Ta’limda xalqaro innovasion yondashuvlar, hamkorlikdagi ta’limni rivojlantirish istiqbollari va dolzarb muammolari» mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
- 26-may kuni Ilmiy haftalikning yalpi majlisi, «Shisha, keramika va bog‘lovchi materiallar ishlab chiqarishning innovasion texnologiyalari» 2-Xalqaro ilmiy-texnikaviy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sizning munosabatingiz qanday?