Vazirlar Mahkamasida bo'lib o'tgan rayosat yig'ilishda OTMlar faoliyati tanqidiy ruhda ko'rib chiqilgan.
Manbalarning xabar berishicha ishdan olinadigan rektorlar ro'yxati shakllantirilgan.
Bizga kelgan ma'lumotlarga ko'ra o'tgan hafta Bosh vazir A.N.Aripov boshchiligida o'tgan Vazirlar Mahkamasining navbatdagi rayosat yig'ilishida oliy ta'lim muassasalarining faoliyati tanqidiy ruhda ko'rib chiqilgan. Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri bir qator OTMlarning rektorlari ishdan olinishi haqida ogohlantirilgan.
Oliy ta'lim muassasalarining rektorlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanib, VM tomonidan ishdan olinadi, Universitetlar negizidagi institutlar hamda OTMlarning filiallari direktorlari Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tayinlanib, ishdan olinadi.
Yoshlarni qo'llab-quvvatlash manbasiga ko'ra ishdan olinadigan rektorlar ro'yxati shakllantirilgan. Ushbu ro'yxatdan Namangan davlat universiteti hamda Qo'qon davlat pedagogika instituti rektorlari aniq o'rin olgan degan ma'lumotlar mavjud. Bundan tashqari 10 nafarga yaqin rektorlarning ismi tilga olingan. Ishdan olingandan so'ng ular rotatsiya qilinishi yoki boshqa ishga o'tishi tahmin qilinmoqda.
Namangan davlat universiteti rektori Turg'unov Sobitxon Toshpo'latovichning ishdan bo'shash to'g'risida ariza yozgani 3 nafar bir-biridan mustaqil manbaalarimiz tasdiqladi. Aniqlanishicha Sobitxon Turg'unov Maktab va maktabgacha ta'lim vazirligining hududiy boshqarmalaridan biriga rahbarlik lavozimiga tayinlanishi kutilmoqda.
Tayinlovlar may oyining boshlarida amalga oshirilishi kutilmoqda. YQQEDU.UZ voqealar rivojini kuzatib boradi.
Sizning munosabatingiz qanday?