Toshkent metrosida talaba qiz poyezd relsga sakradi

IIV “Alisher Navoiy” metro bekatida sodir bo‘lgan voqea holatlarini ma’lum qildi.

Oktyabr 13, 2023 - 21:41
 0  10690
Toshkent metrosida talaba qiz poyezd relsga sakradi

Transport va turizm ob’yektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 12 oktyabr kuni Toshkent metrosining “Alisher Navoiy” metro bekatida talaba qiz poyezd relsga sakragan. Shu payt bekatda xizmat olib borayotgan IIO xodimi buni payqab, darhol poyezdni to‘xtatishga buyruq bergan. Ikki IIO xodimi relsga tushib, qizni birga platformaga olib chiqqan. 


Shundan so‘ng, qizga birinchi yordam ko‘rsatilib, u bilan suhbat o‘tkazilgan. 2005 yilda tug‘ilgan farg‘onalik qiz Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2-kurs talabasi ekani ma’lum bo‘ldi.


Xodimlar qizning qarindoshlari bilan bog‘lanib, voqea haqida xabar berishgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sizning munosabatingiz qanday?

like

dislike

love

funny

angry

sad

wow