21 yoshli talaba otasiga zarda qilib, o‘zini o‘zi yoqib yubordi

aprel 22, 2023 - 16:10
 0  11475
21 yoshli talaba otasiga zarda qilib, o‘zini o‘zi yoqib yubordi

Namangan muhandislik qurilish institutining 3-bosqich talabasi 2002-yilda tug‘ilgan X.X. oliygohda 5 ta fandan oraliq imtihonlarni topshira olmaganligi sababli, qayta topshirishga qolib ketgan. Guruh rahbari talabaning otasiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘g‘li yuqoridagi 5 ta fanlardan oraliq imtihonlarni topshira olmaganligi haqida ogohlantirgan. O‘z navbatda ota o‘g‘liga telefon orqali tanbeh bergan.

Shundan so‘ng, talaba X.X. otasini bergan tanbehiga zarda qilib, ruhiy tushkunlikka tushib, Yangiqo‘rg‘on tumani «Nurafshon» MFY hududidagi dala-adirlik maydoniga o‘zi bilan birgalikda benzin yonilg‘isini olib kelib, o‘zini ustidan quyib, o‘zini yoqib, o‘z joniga suiqasd qilgan.

X.X.ni yonib jarohat olganligini ko‘rib qolgan fuqarolar unga yordam ko‘rsatib, shifoxonaga olib kelishgan. Tibbiy ma’lumotga ko‘ra, X.X.ning badanida, alangadan tanasining 50 foiz qismida chuqur kuyish jarohatlari mavjudligi ko‘rsatilgan.

Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tez-tibbiy muolajalarga qaramasdan u 13-fevral kuni shifoxonada vafot etgan.

Sizning munosabatingiz qanday?

like

dislike

love

funny

angry

sad

wow