"Diplomdan yuqori ball olib, yuqori darajadagi til bilish sertifikati bilan magistraturaga kontraktga kiribman, nega?"

aprel 22, 2023 - 16:12
aprel 22, 2023 - 16:13
 0  11664
"Diplomdan yuqori ball olib, yuqori darajadagi til bilish sertifikati bilan magistraturaga kontraktga kiribman, nega?"

Kuni kecha magistraturaga qishki qabul natijalari e'lon qilindi. Ijtimoiy tarmoqlarda aksariyat talabalikka tavsiya etilganlar kontraktga "ilashgani" haqida yozmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri yozda qabul parametrlari tasdiqlangan bo'lib, qaysi OTMga nechta budjet, nechta kontrakt olinishi belgilab qo'yilgan. Yozda bo'lgan qabulda ayrim yo'nalishlarda budjet o'rinlari to'lib qolishi hisobiga faqat kontrakt o'rinlari oshib qolgan, qishki qabulda hujjat topshirganlar budjet o'rinlari yozda to'lganligi sababli maksimal balli va yuqori darajadagi sertifikati bo'lsa ham avtomatik tarzda bo'sh turgan kvotalarga to'lov kontrakt asosida talabalikka qabul qilingan. Agar budjetda o'qimoqchi bo'lsa yozda bo'lib o'tadigan qabulda imkoniyatini sinab ko'rishi mumkin.

Shuningdek bu yil ham oddiy kontraktga kirgan talaba qizlarga kontrakt pullari davlat tomonidan qoplab beriladimi?

Hukumatning 447-son qaroriga ko'ra Davlat OTMning magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasini Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan bo'lib, unga ko'ra 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasini qoplab berish yuzasidan o‘zlari ta’lim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga ariza yozishlari kifoya. Bu haqida yana qo'shimcha ma'lumotlar beriladi. Vazirlikdagi mas'ullar bilan bog'langanimizda ushbu qaror qishki qabulda "oddiy kontrakt" asosida talabalikka tavsiya etilgan xotin-qizlarga ham amal qilishi haqida aytib o'tdi.

Magistraturaga qishki qabulda ham ball yetmaganlarni oshirilgan kontrakt asosida talabalikka qabul qiladimi?

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq yozdagi qabulda faqatgina davlat oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga hujjat topshirgan, ammo kvota doirasida talaba boʻlolmaganlarga belgilangan bazaviy toʻlov-kontraktning 1.5 baravaridan oshmagan miqdordagi toʻlov asosida magistraturada oʻqish imkoniyati yaratilgan edi.

Qishki qabulda ham bu yengillik berilishi mumkin, lekin hozircha bu bo'ycha biror gap yo'q.

Sizning munosabatingiz qanday?

like

dislike

love

funny

angry

sad

wow