Talabalar uchun yana bir stipendiya ta'sis etiladi.

Kontraktini to'liq to'lagan talabalar uchun har oyda BHMning 3 baravari, davlat granti asosida ta'lim olayotgan talabalar uchun har oyda BHMning 6 baravari miqdorida stipendiyalar tayinlanadi.

Iyun 8, 2023 - 20:45
 5  16359
Talabalar uchun yana bir stipendiya ta'sis etiladi.

Prezident qarori (PQ–174-son, 31.05.2023-y.) ga ko‘ra: 

2023-yil 1-sentyabrdan oliy taʼlim muassasalarining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, oʻrmonchilik, “yashil” iqtisodiyot va gidrometeorologiya va boshqa talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlaridagi eng iqtidorli talabalari uchun Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri stipendiyasi taʼsis etiladi.

Bunda, toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalarning bir yillik toʻlov-kontrakt summasi qoplangan holda, har oyda BHMning 3 baravarida (990 ming soʻm), davlat granti asosida taʼlim olayotgan talabalarga har oyda BHMning 6 baravarida (1 mln 980 ming soʻm) stipendiyalar tayinlanadi.

Sizning munosabatingiz qanday?

like

dislike

love

funny

angry

sad

wow