Namanganda sodir bo'lgan mudhish voqea yuzasidan qo'shimcha ma'lumotlar ochiqlandi

Marhuma Namangan davlat universiteti Davolash ishi yo'nalishi talabasi bo'lgan

may 6, 2023 - 19:39
 0  11509
Namanganda sodir bo'lgan mudhish voqea yuzasidan qo'shimcha ma'lumotlar ochiqlandi

Joriy yilning 6-may sanasida ijtimoiy tarmoqlarda "Namangan davlat universiteti oldida yigit yaxshi ko'rgan qizni pichoqlab o'ldirgan"i haqidagi videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. 

Holat bo'yicha Namangan davlat universiteti voqea viloyat ichki ishlar boshqarmasi va viloyat prokuraturasi tomonidan o'rganilayotgani haqida munosabat bildirdi.

Dastavval hodisa ishtirokchilari oliygoh talabalarimi yoki yo'qmi aniq emas edi. Keyinchalik marhuma ayolning shaxsiga aniqlik kiritildi. U Namangan davlat universiteti Davolash ishi yo'nalishi 1-bosqich talabasi bo'lgan.

Aniqlik kiritilishicha joriy yilning 6-may kuni soat 12:00da Namangan davlat universiteti qoshidagi Namangan davlat pedagogika instituti binosi oldidan o'tgan piyodalar yo'lakchasida, bundan bir yil avval turmushdan ajrashgan 1999-yilda tug'ilgan O.H. ismli ayol hamda uning sobiq turmush o'rtog'i 1996-yilda tug'ilgan fuqaro oilaviy kelishmovchiliklar sababli o'zaro janjallashib qolishgan. Guvohlarning ma'lum qilishicha ular 1 yil avval qonuniy ajrashgan, yigit bugun sobiq turmush o'rtog'i bilan yarashish maqsadida guldasta bilan uning oldiga kelgan, lekin jabrlanuvchi yarashishni istamagan, natijada 26 yoshli erkak yonidagi xo'jalik pichog'i bilan sobiq turmush o'rtog'ini qasddan o'ldirgan. So'ng u o'ziga bir necha marotaba pichoq bilan jarohat yetkazib, o'z joniga suiqasd qilishga uringan. Natijada erkak shifoxonaga xushsiz holatda olib borilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi(Qasddan odam o'ldirish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sizning munosabatingiz qanday?

like

dislike

love

funny

angry

sad

wow