Magistratura va doktorantura uchun talab etiladigan xorijiy tillar bo‘yicha sertifikatlar ro‘yxati muhokamaga qo‘yildi
Mart oyida qabul qilib bo‘lingan buyruqning muhokamalar portaliga joylashtirilishiga sabab esa umummajburiy xarakterdagi ushbu buyruqni Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun bo‘lishi mumkin.
Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirining “2023/2024 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” buyrug‘i loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirildi.
Loyihadagi chet tili sertifikatlari ro‘yxati vazirning joriy yil 23-martdagi 65-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan ro‘yxat bilan bir xil.
Mart oyida qabul qilib bo‘lingan buyruqning muhokamalar portaliga joylashtirilishiga sabab esa umummajburiy xarakterdagi ushbu buyruqni Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun bo‘lishi mumkin.
Muhokamada ishtirok etib loyiha bo‘yicha fikrlaringizni qoldirishingiz mumkin: https://regulation.gov.uz/oz/d/79549
Sizning munosabatingiz qanday?