Oliy ta'lim muassasalari qonundan chetga chiqishga qayerdan jasorat olmoqda?

Avvallari dekanat xonama-xona yurib kontraktni 100 foiz to'lamaganlarni imtihonga kiritmasligi haqida ogohlantirgan bo'lsa, endi ochiqdan-ochiq o'z sahifalarida e'lon qilmoqda, bu qonunlarga zid.

Iyun 10, 2023 - 12:54
 0  16242
Oliy ta'lim muassasalari qonundan chetga chiqishga qayerdan jasorat olmoqda?

Amaldagi tartibga ko'ra talaba xoh bitiruvchi bo'lsin, xoh quyi bosqichda bo'lsin kontraktni 4ga bo'lib to'lash huquqiga ega. Bu prezident farmoni bilan belgilab qo'yilgan. Yoshlarni qo'llab-quvvatlash ma'muriyatiga kelib tushgan xabarlarga ko'ra Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining Davolash ishi yo'nalishi talabalariga kontraktni 100 foiz to'lamasa yakuniy imtihonlarga kiritmasligi va o'qishdan chetlatilishi haqida ogohlantirgan. Prezident farmoniga ko'ra kontraktning 75 foizini 1 aprelga qadar, 100 foizini 1-iyulga qadar to'laninishi kerak. Shuningdek kontraktni to'liq to'lamaganlik imtihonga kiritilmaslikka sabab bo'lmaydi.

Bunday holatlar Farg'ona davlat universitetida ham kuzatilgan. Murojaatchining yozishicha 1-iyunga qadar kontraktni 100 foiz to'lamaganlar talabalar safidan chetlatilishi haqida ogohlantirilgan. Talabalar 4ga bo'lib to'lash to'g'risidagi prezident farmoni haqida so'z ochganda OTM rahbariyati moliyaviy mustaqil ekanliklarini ro'kaj qilib, to'lov muddatlarini belgilash vakolatlari borligini aytishgan.

Talabani oraliqqa yoki yakuniyga kiritmaslik, ataylab fandan yiqitish, darsga kiritmay nb qo’yib qo’yish, va boshqa g’ayriqonuniy harakatlar amalga oshirish umuman mumkin emas.

Kontrakt to'lash muddatlari:

- belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

- belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

- xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

Sizning munosabatingiz qanday?

like

dislike

love

funny

angry

sad

wow