Talaba ishlashi mumkinmi?
Ha, talabalar bemalol ishlashlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi bo‘yicha bunga hech qanday cheklov yo‘q. Ya’ni Mehnat kodeksining (https://lex.uz/acts/-142859) 77-moddasiga ko‘ra, 16 yoshga to‘lgan har bir shaxs mehnat qilish huquqiga ega. 15 yoshdan esa sog‘lig‘iga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirining «Oliy ta’lim to‘g‘risida»gi nizomni (https://www.lex.uz/docs/327039) tasdiqlash haqidagi 9-buyrug‘i (hujjat rus tilida)ning 50-bandida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida oliy o‘quv yurti va boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi tuzgan holda ishlashlari mumkinligi belgilangan. Bundan kelib chiqadiki, talaba bemalol ishlashi mumkin. Faqat ta’limdan bo‘sh vaqtida.
Sizning munosabatingiz qanday?