Oliy ta'lim muassasalarida bayram kunlarining darsi boshqa kuni o'tib beriladimi?
Yurist ushbu savolga javob berdi.
Savol: Assalomu Alaykum, OTMlardagi professor-o'qituvchilar bayram kunlariga to'g'ri kelgan darslarni o'tib berishga majburmi?
Yurist javobi: Bayram kunlari emas, qo‘shimcha dam olish kunlariga to‘g‘ri kelgan darslar o‘tib beriladi.
Misol uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.12.2022 yildagi PF-270-son Farmoniga muvofiq 2023-yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko‘chirilsin:
- 7-yanvar — shanba kunidan 3-yanvar — seshanba kuniga;
- 11-mart — shanba kunidan 20-mart — dushanba kuniga;
- 25-mart — shanba kunidan 22-mart — chorshanba kuniga;
- 29-aprel — shanba kunidan 24-aprel — dushanba kuniga.
☝️Mana shu kunlarga to‘g‘ri kelgan darslar o‘tib berilishi kerak. Lekin bayram kunlariga to‘g‘ri kelgan darslar (Mehnat kodeksi 131-modda) boshqa kunlarda o‘tib berilmaydi. Ish rejalar shu kunlarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
Sizning munosabatingiz qanday?