Bu safar Toshkentga olib kiruvchi yo'llar qizarmoqda

Bugun dam olishning so'nggi kuni, Toshkentga kirib kelayotgan avtomobillar oqimi borgan sari ortib bormoqda. Bu o'z navbatida shaharga eltuvchi yo'llarda tirbandliklarni keltirib chiqarmoqda.

aprel 24, 2023 - 15:43
 0  11652
Bu safar Toshkentga olib kiruvchi yo'llar qizarmoqda

Xabaringiz bor Ramazon hayiti munosabati bilan 21-apreldan 24-aprelga qadar 4 kunlik dam olish kuni deb e'lon qilingan edi. 20-aprel kuni e'lon qilingan dam olish sanalaridan so'ng ko'pchilik ommaviy ravishda poytaxtni tark eta boshladi. Bu o'z navbatida kilometrlab tirbandliklarning yuzaga kelishiga sabab bo'ldi. Hatto Yandex karta poytaxtning chiqish yo'llarida maksimal 10 ballik tirbandliklar bo'layotganini ko'rsatib berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa mashinalar hatto harakatlanolmay qolgan darajadagi "probkalar" aks etgan videolar ko'paydi.

Tirbandliklarning asosiy sababi shaxsiy mashinalarning ko'pligi va betartib mashina boshqarish bilan izohlanmoqda. Lekin mashinalar kamligida ham ertalab 8dan 10gacha va kechki mahal soat 5dan 7gacha katta tirbandliklar bo'lishini ko'p guvohi bo'lganmiz. Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib poytaxtga olib kiruvchi yo'llarda bugungi tirbandliklar soat 23:00ga qadar davom etishini prognoz qilish mumkin.

Sizning munosabatingiz qanday?

like

dislike

love

funny

angry

sad

wow