Talaba qizni taʼqib qilgan bezori jarimaga tortildi - Ombudsman

Oliy Majlisning Inson huquqlari vakili (ombudsman) ishonch telefoniga Namangan viloyati Chortoq tumanida yashovchi talaba qiz nomaʼlum bir shaxs tomonidan doimiy ravishda telefon orqali qo‘rqitib bezovta qilinayotgani bo‘yicha murojaat qildi. Otasi chet davlatiga ishlash uchun ketgan murojaatchi qizning yozishicha, yigit uni va dugonalarini ko‘p bora bezovta qilgan, Hattoki, onasini o‘ldirish bilan ham qo‘rqitgan.

aprel 26, 2023 - 22:08
 1  11456
Talaba qizni taʼqib qilgan bezori jarimaga tortildi - Ombudsman

Mazkur murojaat zudlik bilan Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakiliga yuborilib, Chortoq tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan birgalikda ko‘rib chiqildi. - deyiladi Ombudsmanning rasmiy sahifasida.

"Olib borilgan o‘rganishlar davomida, murojaatchini qo‘rqitib kelgan shaxs shu tumanda yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan  A.O.ekanligi aniqlanib, unga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi va ish sudga oshirildi. 2023-yil aprel oyidagi Jinoyat ishlar bo‘yicha Chortoq tuman sudining tegishli qaroriga ko‘ra, 1991 yilda tug‘ilgan A.O.ga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi. Shuningdek, aybdor A.O. dan murojaatchi qizni qayta bezovta qilmasligi to‘g‘risida tilxat olindi."- deyiladi xabarda

Sizning munosabatingiz qanday?

like

dislike

love

funny

angry

sad

wow