1-apreldan Oʼzbekistonda nimalar oʼzgaradi?

aprel 22, 2023 - 15:32
 0  11363
1-apreldan Oʼzbekistonda nimalar oʼzgaradi?

➖Pensiyalar va nafaqalar miqdori oshadi.

➖Majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar roʼyxati kengaytiriladi.

➖Pensiya oluvchilar Toshkent metropolitenidan kun davomida bepul foydalanadi.

➖Parrandachilik bilan shugʼullanuvchi tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar beriladi.

➖Аholiga quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun subsidiya beriladi.

➖Аvtotransportlar harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 60 kilometrgacha pasaytiriladi.

➖Xoʼjalik jamiyatlari kuzatuv kengashining qimmatli qogʼozlarni chiqarish boʼyicha qarorlari muhim fakt sifatida oshkor qilinadi.

➖Аyrim tadbirkorlarga mol-mulkni sugʼurta qilish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.

➖Аyrim kasalliklarda nogironlik fuqarolarning ishtirokisiz belgilanadi.

➖Koʼp kvartirali uylarning noturar qavatlarida bogʼchalar tashkil etishga ruxsat beriladi.

➖Professional taʼlim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalari oshiriladi.

➖Halok boʼlgan harbiy xizmatchilar oila aʼzolari ijtimoiy qoʼllab-quvvatlanadi.

➖Yangi qurilgan koʼp qavatli ishlab chiqarish binolari uchun mol-mulk soligʼi pasaytiruvchi koeffitsientda toʼlanadi.

➖Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʼrnatgan shaxslar mol-mulk va yer soligʼidan ozod etiladi.

➖Аyrim qishloq xoʼjaligi texnikalari bojxona toʼlovlari va utilizatsiya yigʼimidan ozod qilinadi.

Sizning munosabatingiz qanday?

like

dislike

love

funny

angry

sad

wow