Noqonuniy diniy ma'lumotlarni tarqatgani uchun 5 yilga qamalgani haqida aytilgan sobiq talaba shartli ravishda 2 yil sinov muddati bilan qamoqdan ozod qilindi. 

mart 2, 2023 - 11:51
aprel 22, 2023 - 14:32
 0  11497
Noqonuniy diniy ma'lumotlarni tarqatgani uchun 5 yilga qamalgani haqida aytilgan sobiq talaba shartli ravishda 2 yil sinov muddati bilan qamoqdan ozod qilindi. 

Noqonuniy diniy ma'lumotlarni tarqatgani uchun 5 yilga qamalgani haqida aytilgan sobiq talaba shartli ravishda 2 yil sinov muddati bilan qamoqdan ozod qilindi. 

Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasining 2023-yil 2-martdagi ajrimiga muvofiq birinchi instansiya sudining hukmi o‘zgartirilib, S. Rahmonqulovga tayinlangan 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi Jinoyat kodeksining 72-moddasi (shartli hukm qilish) qo‘llanilgan holda shartliga o‘zgartirilib, 2 yil sinov muddati belgilandi va u sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

Shuningdek, Jinoyat kodeksining 62-moddasi (ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i vaqtini hisobga olish qoidalari) tartibida S. Rahmonqulovning 7 oy 9 kun qamoqda saqlanganligi inobatga olinib, asosiy jazodan chegirib tashlandi.

Albatta, sudyalar mustaqil, ular faqatgina qonunga bo‘ysunadilar. Shu ma’noda jamoatchilikning keng muhokamasi emas, balki amaldagi qonunchiligimizda nazarda tutilgan adolat va shaxsni axloqan qayta tarbiyalash singari tamoyillarga asoslangan holda sud shunday to‘xtamga kelganini ta’kidlash joiz.

Sud jinoyat ishini atroflicha o‘rganar ekan, S. Raxmonqulovning o‘z qilmishiga iqror va pushaymonligi, unga nisbatan yengillik berish haqidagi kafolat xatlarini inobatga olgan holda hamda insonparvarlik va odillik tamoyillariga asoslanib qaror chiqardi - deyiladi xabarda

Sizning munosabatingiz qanday?

like

dislike

love

funny

angry

sad

wow