Toshkentda o‘quvchi qiz nega “samosud” qilingani maʼlum bo‘ldi

aprel 22, 2023 - 23:39
 0  11494
Toshkentda o‘quvchi qiz nega “samosud” qilingani maʼlum bo‘ldi

Holat 12-aprel kuni sodir bo‘lgan edi. 2006-yilda tug‘ilgan H.S. va 2007-yilda tug‘ilgan D.U. qurilishi tugallanmagan obyekt hududida jamoat tartibini buzib voyaga yetmagan 2009-yilda tug‘ilgan S.X.ni urib, yengil tan jarohati yetkazgan. Ushbu maktab direktorining so‘zlariga ko‘ra, janjalga mish-mishlar, chaqimchilik sabab bo‘lgan. 

Jabrlanuvchi bir behayo suratdagi qizni o‘zidan yuqori sinfda o‘quvchi qiz ekanini aytib, maktabda mish-mish tarqatgan. Buni eshitgan qiz esa uni do‘pposlagan. 

Toshkent shahri maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi ham holat yuzasidan munosabat bildirgan. Maʼlum bo‘lishicha, maktab maʼmuriyati ushbu holatdan 12-aprel kuni kechki vaqtda xabar topgan.

13-aprel kuni maktab maʼmuriyati janjal ishtirokchilarining ota-onalarini chaqirtirib, ular bilan tushuntirish ishlarini olib borgan. Voqea yuzasidan Yangihayot tumani ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limiga murojaat qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Sizning munosabatingiz qanday?

like

dislike

love

funny

angry

sad

wow